
Shu haqda Xalqaro seysmologlar guruhi a’zolari rasman ma’lum qilishdi. Ularning aytishicha, kuni kecha Tinch okeanidagi litosfera plitalari harakatga kelgan. Oqibatda o‘sha atrofda joylashgan hududlarda magnituda kuchi 7 balldan iborat zilzilalar seriyasi sodir bo‘lgan.
Masalan, Yaponiya, Janubiy Amerika, Indoneziyadagi bir qator orollarda magnituda kuchi 6-7 ballga teng yer silkinishlari kuzatilgan. Xalqaro seysmologlar guruhi a’zolarining ma’lum qilishicha, keyingi 10 kun ichida boshqa hududlarda ham kuchli zilzilalar sodir bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Yevropaning janubiy hududlari, jumladan, Turkiya, Gretsiya, Albaniya, Bosniya va Italiyada xuddi shunday zilzilalar seriyasi sodir bo‘lishi kutilmoqda. Kelasi hafta davomida Amerika janubidagi aholi Tinch okeani ostida joylashgan litosfera plitalari bosimini aniq his etadi. Eslatib o‘tamiz, xuddi shu plitalarning harakatga kelishi turli kuchga ega yer silkinishlariga sabab bo‘ladi.
Hindiston, Nepal, Yaqin Sharq, Eronda ham magnituda kuchi 6, 5 ballga teng yer silkinishlari kuzatilishi haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar