Shimoliy Koreya rasmiylari o‘tkazilgan yadroviy sinovlar chog‘ida odamlar halok bo‘lgani borasidagi ma’lumotlarni inkor qildi. Muqaddam Yaponiyaning «Asaxi–TV» telekanali shunday axborotni tarqatgan edi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Tegishli bayonot Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan tarqatildi.
Yaponiya telekanalida aytilishicha, KXDR shimoli-sharqidagi Pxungeri poligonidagi tunnelda yadroviy sinov tufayli yer o‘pirilgan va 200 kishi tuproq ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Yadroviy sinov 3 sentyabr kuni o‘tkazilgan edi.
Shimoliy Koreyaga ko‘ra, bu axborot «dezinformatsiya»dir.
«Bu amerikalik va yaponiyalik reaksionerlar KXDR yadroviy shiddatining o‘sishini harbiy tahdid va yirtqich sanksiyalar yordamida to‘xtatolmagandan keyin mamlakatni siyosiy va axloqiy bo‘hton bilan qoralashga urinayotganini ko‘rsatadi», — deyiladi bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?