Rossiya: dollarning kursi 70 rubldan oshdi

Rossiya: dollarning kursi 70 rubldan oshdi
Rossiya: dollarning kursi 70 rubldan oshdi

Yevroning seshanba kuniga belgilangan kursi 4,48 rubl, dollarniki esa 2,62 rubl o‘sdi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

RIA Novosti — Yevroning rublga nisbatan RF Markaziy banki seshanba kuni uchun belgilagan rasmiy kursi (30 yanvardan beri ilk marta) 4,48 rubl, dollarniki esa 2,62 rubl oshib, mos ravishda 81,1533 va 70,7465 rublni tashkil qildi. Ikki valyuta savatchasi narxi (0,55 dollar va 0,45 evro) 3,46 rubl ko‘tarilib, 75,43 dollarga yetdi.

Rossiya valyutasining qiymati bir barrel Brent neft navining bahosi 43 dollargacha pasayishi oqibatida tushib bormoqda. Rubl mansub bo‘lgan ishonchsiz aktivlarga talab pastligicha qolmoqda. Xitoy fond indekslari bahosining keskin tushib ketishi (8,5 foiz) so‘nggi oylarda barcha bozorlardagi aktivlar bahosining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar