
Rossiyaning Primorskiy diyorida O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan ochilgan tergov harakatlari yakuniga yetdi. U pul o‘g‘irlaganlikda ayblangan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik ayol Vladivostok shahrida yashagan oilaning katta miqdordagi pulini o‘margan, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
Ayol Vladivostokda yashovchi oilaning xizmatchisi bo‘lib ishlagan. O‘z vazifasini bajarish chog‘ida javon tortmasida turgan pullarga ko‘zi tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol pullarni axlat paketiga solgan va yashirib qo‘ygan. Uy egalari pulni yo‘qolib qolganligi bilishgach, uy xizmatchisi o‘g‘irlaganini anglashgan hamda undan talab qilishgan.
Xizmatchi ayol pullarni qaytarishga va’da bergan, ammo keyin yashirinishga harakat qilgan. Politsiyachilar uni Birobijandagi vokzalda qo‘lga olishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar