13:58 / 06.11.2017
3 949

Avstraliyada yirik terakt sodir etilishi kutilayotgani ma’lum qilindi

Австралияда йирик теракт содир этилиши кутилаётгани маълум қилинди
Avstraliya hududida yirik terakt sodir etilishi kutilmoqda. Bu haqda o‘tgan haftada iste’foga chiqqan Yangi Janubiy Uels shtati politsiyasi aksilterror bo‘linmasi boshlig‘i Mark Merdok ma’lum qildi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

The Australian nashriga bergan intervyusida Merdok politsiya tomonidan iyul oyida oldi olingan terrorchilarning Sidney — Abu-Dabi yo‘nalishida parvoz qilgan Etihad Airways samolyotini portlatishga urinishini eslatib o‘tdi.

« IShID bu urinishni yana takrorlashga harakat qilmaydi deb o‘ylash soddalik bo‘lar edi», —dedi Merdok.

Uning aytishicha, 2014—2017 yillar oralig‘ida mamlakat huquq-tartibot idoralari o‘rtacha har 6 haftada bir marta terakt sodir etilishining oldini olgan yoki boshqa jiddiy aksilterror operatsiyasini o‘tkazgan.

«Yangi teraktga urinish ro‘y beradigan kun yaqinlashmoqda. Biz Avstraliyada terakt albatta sodir etilishini bilamiz, biroq buning qayerda, qachon va qanday ko‘lamda ro‘y berishi noma’lum», — ta’kidladi Merdok.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada yirik terakt sodir etilishi kutilayotgani ma’lum qilindi