
5 noyabr kuni kechqurun soat 11da Ar-Riyoddagi Ritz-Carlton mehmonxonasidagilardan barcha narsalarni olib foyega chiqish so‘ralgan. Mehmonxona mijozlarining hech biriga bu g‘alati iltimosning sababi tushuntirilmagan. Mijozlar avtobuslarga o‘tkazilgan va Saudiya Arabistoni poytaxtidagi boshqa bir besh yulduzli mehmonxonaga ko‘chirilgan.
Ritz-Carlton esa o‘sha kuni qo‘lga olingan shahzodalar va yuqori martabali amaldorlar uchun qamoqxonaga aylangan, deb yozadi Kun nashri.
5 noyabr kuni qirollik xonadonining 30 nafarga yaqin a’zosi hamda yuqori martabali amaldorlar korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi. The Guardian xabariga ko‘ra, hibsga olinganlarning mulklari musodara etilmagan.
Hibsga olish ishlari qirol Salmon ibn Abdulaziz farmoyishiga ko‘ra ro‘y bermoqda. Bunda unga vorisi Muhammad ibn Salmon boshqaruvidagi korrupsiyaga qarshi qo‘mita ko‘mak bormoqda.
Izoh berilishicha, u boshqa badavlat xonadonlar bilan munosabatlar buzilmasligi uchun shahzodalarni qimmatbaho mehmonxonaga joylashtirishga qaror qilgan va Ritz-Carlton ular uchun vaqtincha qamoqxonaga aylangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar