Ulkan akulalarning suv osti kemasiga hujumi (Video)

Ulkan akulalarning suv osti kemasiga hujumi (Video)
Juda katta akulalar Bi-bi-si kanalining «Moviy sayyora 2» loyihasi suv osti kemasiga hujum qildi. Eng hayajonli lahzalar aks etgan video «YouTube»da joylashtirildi.

Suratga olish guruhi batiskafda 750 metrlik chuqurlikka tushgan, ular o‘lgan kashalot (tishi o‘tkir yirtqich kit)ning tanasi bilan nimalar ro‘y berayotganini suratga olishmoqchi bo‘lgan deya yozadi Kun.uz nashri.

Jamoa Atlantika okeanining tubida «suzib yurgan» o‘lik kashalotni kuzatib bordi. Shu paytda batiskaf akulalar to‘dasi tomonidan hujumga uchradi, ular o‘lik kashalot bilan oziqlanayotgan bo‘lgan.
Rolikni 6 kun ichida 1,2 million marotaba tomosha qilishdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar