Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz Adliya vazirligi tizimidagi 30 nafar sudyani sud hokimiyatining turli darajalariga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu yuqori mansabli amaldorlar va tadbirkorlar korrupsiyada ayblanib ommaviy ravishda hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda Kun nashri.
"Podshoh farmoni 26 nafar sudyani sud tizimidagi turli darajalarga ilgari surish va 30 sudyani tayinlashni nazarda tutadi", - deyiladi xabarda.
Saudiya Arabistoni adliya vaziri Volid bin Muhammad al-Somoni podshohlik hukmdori tomonidan amalga oshirilgan bu tayinlovlar "uning sud tizimini doimiy qo‘llab-quvvatlovidan darak berishi" haqida aytib o‘tdi.
Avvalroq Saudiya Arabistonida 11 shahzoda va 4 vazir hibsga olingani, ular qatorida dunyoning eng boy kishilaridan biri borligi xabar berilgandi.
Bundan tashqari, so‘nggi xabarlarga ko‘ra, saudiyalik milliarderlar o‘z mablag‘lari muzlatilishi va ommaviy hibsga olinishlardan vahimaga tushib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi