
Xitoyda o‘z sinfida rekord tezlikka erisha oladigan suzuvchi tank VN18 yaratildi. Xitoyning CGTN mediaguruhi ushbu harbiy texnikani “mo‘’jizaviy qurol” deb atadi. Ushbu tankning videosi mediaguruhning YouTube-kanalida joylashtirildi.
Tank quruqlikda soatiga 65 km, suvda esa 30 km tezlik bilan harakatlana oladi. VN18 zambarak, pulemyot va tanklarga qarshi raketalar bilan jihozlangan. “Mo‘’jizaviy qurol”ning og‘irligi 26,5 tonnani tashkil qiladi. Uni boshqarish uchun 3 haydovchi talab etiladi. Haydovchilardan tashqari, tank o‘z ichiga yana 11 askarni sig‘dira oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar