16:37 / 22.11.2017
6 672

Chegaradan qochib o‘tishga uringan askar otib o‘ldirildi (Video)

Chegaradan qochib o‘tishga uringan askar otib o‘ldirildi (Video)
Shimoliy koreyalik harbiy xizmatchi qochib ketishga urindi. U 2017 yilning 13 noyabr kuni Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreya bilan mustahkam qo‘riqlanadigan chegarasi tomonga JIP rusumli avtomashinada harakatlanib borgan, biroq chegara hududidagi “tartibbuzar”ning ortidan o‘q uzilgan.

Aniqrog‘i, “qochqoq” chegaradan o‘tishga uringan, lekin uning hamkasblari bu holatni payqab, uni quvishadi va ketma-ket o‘qqa tutib, to‘xtatib qolishga harakat qilishgan.

Janubiy Koreyaga qochib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan harbiy xizmatchi 20 yoshda bo‘lgan. U qochib o‘tayotgan paytda unga besh marotaba aniq o‘q uzilgan, keyinchalik “qochoq askar” olingan tan jarohatlari tufayli halok bo‘lgan.

Bu voqea Shimoliy Koreya harbiylarining ikki marta o‘zaro kelishuvni buzganligini ko‘rsatadi. Jumladan, harbiy xizmatchilardan biri neytral zonada qurolli harakat sodir etgan va yana bir harbiy chegara chizig‘ini vaqtincha kesib o‘tganligi aniqlangan.

Bu esa 1953 yilda “Koreya urushi”dan keyin qabul qilingan o‘zaro kelishuv shartlari qo‘pol buzilganligini bildiradi.

“Washingtonpost” nashrining Janubiy Koreyadagi AQSh qo‘shinlari qo‘mondoni general Vinsent Bruks ma’lumotiga tayanib ma’lum qilishicha, hozirda Janubiy Koreya tomonidan har qanday holatni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
[media=https://youtu.be/UCwPxkgeQtLPYWTh3qCti_xg/feed]

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chegaradan qochib o‘tishga uringan askar otib o‘ldirildi (Video)