Bir necha kun avval Qozog‘istonning Olma-ota viloyatida o‘zbekistonlik erkak o‘ldirildi. Iliyskiy tumanidagi shifoxonaga pichoq bilan yaralangan erkak keltirildi, ammo oradan 2 soat o‘tib jon berdi.
Olma-otada yashovchi yolg‘iz ayol o‘zbekistonlik erkakning qotilligida gumon qilinmoqda.
Erkak olib ketilgan uyning egasi – 30 yoshli ayol qo‘lga olindi. Olma-otalik ayolning aytishicha, u o‘zbekistonlik erkak bilan oila qurmoqchi bo‘lgan. Ayolning 2 farzandi bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol erkak bilan o‘zaro janjal kelib chiqqanini va erkakning o‘zi pichoq sanchishga majbur qilganligini aytgan.
Tergov tekshiruvlari vaqtida ayolning ko‘rsatmalari tekshiriladi.
Qotillikni sodir etganlikda gumon qilinayotgan ayolning so‘zlariga qaraganda, erkak o‘zini 27 yoshdaligini va O‘zbekiston fuqarosi ekanligini ma’lum qilgan.
Jabrlangan erkakning yonidan hech qanday hujjat topilmagan. Shu sabab avval uning shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi