
AQSh prezidenti Donald Tramp Time jurnali versiyasiga ko’ra “Yil odami” bo’lishdan bosh tortdi. Bu haqida prezidentning o’zi Twitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Time jurnalidan qo’ng’iroq qilib, huddi o’tgan yildagi kabi “Yil odami” bo’lishim mumkinligi va bunda intervyu berib, fotosessiyada qatnashishim kerak bo’lishini aytishdi. Men esa ularga bu menga to’g’ri kelmasligini aytib, rad javobini berdim. Ammo baribir rahmat!” deydi Oq uy rahbari.
2016 yili mazkur jurnal tomonidan tuzilgan рeytingda Tramp birinchi o’rinni, Xillari Klinton esa ikkinchi o’rinni band etishgandi. Shuningdek, nashr ushbu nom da’vogarlari ro’yhatiga RF prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdog’an va Hindiston premyer ministri Narendra Modini ham kiritgan, deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar