
Madagaskarda avj olgan o’lat tufayli 202 nafar inson hayot bilan vidolashdi. Kasallanganlar soni esa 2,3 mingdan ortib ketgan.
Bu haqida Halqaro sog’liqni saqlash tashkiloti xabarlariga tayangan holda “Iz.ru” nashri xabar tarqatgan.
Tashkilot rahbari Teros Adan Gebreyesus o’latning eng yomon bosqichi ortda qolgani, ammo o’lat tarqalishining oxirgi mavsumi – 2018 yilning aprel oyigacha kasallinishning yangi hodisalariga tayyor turish kerakligi aytgan.
Halqaro Qizil xoch jamiyati Madagaskarda 2017 yilning avgust oyidan buyon o’lat tarqalishini qayd etib kelmoqda. O’latning eng xavfli tomonlaridan biri u avvalo katta shaharlarda yoyilib ketishidir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar