19:54 / 29.11.2017
6 400

Nursulton Nazarboyevning kenja qizi yirik assotsiatsiyaga rahbarlik qiladi

Nursulton Nazarboyevning kenja qizi yirik assotsiatsiyaga rahbarlik qiladi
Ostona shahrida Qozog‘istonning ekologik tashkilotlari Assotsiatsiyasining taqdimot marosimi o‘tkazildi. Mazkur Assotsiatsiyaga mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyeva boshchilik qildi.

Mazkur uyushma “yashil” hayot tarzini targ‘ib qilish, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. Aliya Nazarboyeva jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirish uchun ko‘p mehnat qilish kerakligini ta’kidlagan.
Yangi Assotsiatsiya a’zolarining ilk uchrashuvi Ostonada dekabr oyida o‘tkaziladi.

Qozog‘istonda “yashil” ekologiya tartibini targ‘ib qiluvchi 400 ga yaqin tashkilot mavjud.
Qalampir.uz nashrining yozishicha, uyushma vakillari 2030 yilga borib mamlakatda 40 foizgacha qattiq maishiy chiqindilar yo‘q qilinishini ma’lum qilishdi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari esa 10 foizni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, 2030 yilda mamlakatning ifloslanish darajasi 1995 yilgi ko‘rsatkich bilan bir xil bo‘ladi.
Qozog‘iston Respublikasi prezidentining kenja qizi Aliya Nazarboyeva turli ekologik loyihalarda faol ishtirok etib keladi. U ekologiya haqidagi darslikning ham muallifi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyevning kenja qizi yirik assotsiatsiyaga rahbarlik qiladi