
Dayver va operator Tevish Kempbell Kanada hududidagi Diskaveri Passaj bo‘g‘ozi tubidagi quvurlardan qonli oqava oqib chiqayotganini aniqlagan. Quvurlardan oqib chiqayotgan qonli suyuqlikda aniqlangan Piscine Reovirus virusi suv havzasidagi losos baliqlarining 20 foizini qirib yuborishi mumkin.
Bu quvurlar suv havzasi atrofidagi baliqlarni qayta ishlash zavodidan suv havzasiga chiqarilgan. Kempbell quvurlardan tushayotgan suyuqlikdan tekshirish uchun namuna olgan hamda laboratoriyaga olib borib tekshirtirgan. Bu namunalar tekshirilganda uning tarkibida ichak qurtlari hamda Piscine Reovirus viruslari borligi aniqlangan.
Zavod vakillari ham oqava quvurlarining suv havzasiga tashlanganini tasdiqlagan, biroq buni amalga oshirish uchun ular barcha rasmiy hujjatlarga ega ekanliklarini ta’kidlaganlar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar