American Airlines Rojdestvo ta’tillari kuni uchuvchilarsiz qoldi

AQShning American Airlines aviakompaniyasi tizimi Rojdestvo ta’tillari jadvalini shakllantirishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
CNBC telekanaliga ko‘ra, uchuvchilar Rojdestvo ta’tillari mobaynida dam olish kunlarining bir xil sanasini tanlagan, kompyuter tizimi esa bunga qarshilik qilmagan.
Buning oqibatida Mayami, Chikago, Nyu-York aeroportlariga taalluqli minglab reys uchuvchisiz qoldi. Muammoni hal etish uchun aviakompaniya uchuvchilarga bayram kunlari odatiy soatbay ish haqining 150 foizi miqdoridagi summa evaziga ishlashni taklif etmoqda.
Shu tariqa American Airlines bayramlarda reyslar bekor qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda.

- #American Airlines
- #Rojdestvo Ta’tillari
- #Kompyuter Tizimi
- #Uchuviysiz Reyslar
- #Mayami Chikago
- #Nyu-York Aeroportlari
- #Ish Haqi
- #Bayram Kunlari
- #Muammoni Hal Etish
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…