Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev «Qozog‘istonning 100 nafar yangi shaxsi» forumi davomida aksariyat iste’dodli va boy odamlarga bo‘lgan salbiy munosabat haqida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
«Sizning yo‘lingiz tikanlarga to‘la. Hamda buni men aytmaganimni, ancha avval aytishganini bilasiz, badavlat kishini yoqtirishmaydi. Buning o‘rniga: Men ham shunday boy bo‘laman, unga yetib olaman, deyish kerak. Boylarni yomon ko‘rishadi: Qanday mashinada yuradi, qarang, qanday saroyni qurdi. Yomon ko‘rishadi. Iste’dodi borlarni esa ta’qib qilishadi, sababi iste’dodini ko‘rsatib qo‘ygan. U boshqalar ichida o‘zgachadir. Oddiylar esa shunday deydi: Nega biz bunday emasmiz? Uni ta’qib qilishadi», - deya murojaat qilgan prezident loyiha g‘oliblariga.
Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, «100 nafar yangi shaxs»ga kirgan yosh qozog‘istonliklarni qahramon, deb atash mumkin. «Daholarni shunchaki o‘ldirishadi. Leonardo da Vinchini ta’qib etishgan. Shuning uchun iste’dodli va daho insonlarning o‘zini ko‘rsatishi juda mushkul», - deya ta’kidlab o‘tdi Nazarboyev o‘zining kirish so‘zida.
«Qozog‘istonning 100 nafar yangi shaxsi» loyihasi Qozog‘iston taraqqiyotida muhim o‘rin tutayotgan iste’dodli kishilarni ko‘rsatib berishni maqsad qilgan. Mamlakatning istalgan fuqarosi o‘z muvaffaqiyat tarixi bilan bo‘lishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi