13:39 / 03.12.2017
8 143

Bugun, 3 dekabrdan 4 dekabrga o‘tar kechasi yer yuzi aholisi superoyni tomosha qilishi mumkin!!!

Bugun, 3 dekabrdan 4 dekabrga o‘tar kechasi yer yuzi aholisi superoyni tomosha qilishi mumkin!!!
Ha, yer yo‘ldoshi, Oymoma bugun zaminimizga shu qadar yaqin keladiki, hajmi odatdagisidan 14 foiz kattalashgan va 30 foizga yorqinlashgan holda husnini ko‘z-ko‘z qila boshlaydi. Oy va Yer o‘rtasidagi masofa bugun kechasi 357 ming 495 kilometrni tashkil etadi.
Superoy deb atalmish bu manzara ajoyiblarning ajoyibi va go‘zalliklar go‘zalligi deyilsa xato bo‘lmaydi. Oy shunday husnga ega bo‘lish uchun yerimizga juda yaqin keladi va qorli tun qo‘ynida husnini namoyish etgan holda Yerdagi go‘zallarni xijolatdan bosh egishga majbur etadi. Darvoqe, superoyni yana 2018 yil 1 hamda 31 yanvar kunlari ham kuzatish mumkin. Shu ajoyib hodisa bilan bir vaqtda 31 yanvar kuni oy tutilish voqeasi ham bo‘lib o‘tadi.
Mutaxassislar ogohlantiradi. Agar havo aynigan bo‘lsa, superoy hodisasini kuzatishda qiyinchiliklar tug‘ilishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bugun, 3 dekabrdan 4 dekabrga o‘tar kechasi yer yuzi aholisi superoyni tomosha qilishi mumkin!!!