4 543
Politsiyachi haydovchini qutqarish uchun aqlbovar qilmas qobiliyatni namoyish qildi (Foto)
Britaniyaning Lids shahri yaqinidagi yo‘lda joylashgan ko‘prikda furgon haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargach, ag‘darilib ketgan va ko‘prik chetidan osilib qolgan. Agarda voqea joyida politsiyachi bo‘lmaganda, bu voqea haydovchining o‘limi bilan tugashi mumkin edi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya zobiti Martin Uillis ko‘prikdan osilib turgan va undan ag‘darila boshlagan furgonning g‘ildiragini uning ichida qolib ketgan haydovchini qutqarish uchun qo‘li bilan 15 daqiqa ushlab turgan.
Tez orada yo‘l-transport hodisasi joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelgan va tros yordamida avtomobilni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Haydovchi shifoxonaga yetkazilgan, uning hayoti xavf ostida emas.
Bu voqea internetda tez tarqaldi. Internet foydalanuvchilari politsiyachini qahramon va “supermen” deb atashgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi