AQSh qurolli kuchlarining strategik qo‘mondonligi boshlig‘i general Jon Xayten Rossiya va Xitoyni AQSh harbiy ob’ektlariga qaratilgan koinot qurolini yaratishda aybladi. U bu haqda Pentagon saytida chop etilgan intervyusida aytib o‘tgan.
Xaytenning aytishicha, Rossiya va Xitoy AQSh koinotga qanday harbiy ob’ektlarni olib chiqishini kuzatadi va uning koinot qurilmalarini raketa va lazerlar bilan urib tushiradigan yoki ularga xalaqit yarata oluvchi qurolni yaratishga mablag‘ ajratadi.
“Ular bu imkoniyatlarni AQShga, bizning ittifoqdoshlarga chaqiriq tashlash va dunyoda kuchlar muvozanatini o‘zgartirish uchun yaratishgan. Biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, deb aytgan general.
Xaytenning ta’kidlashicha, u yaqin orada harbiy ixtiloflar koinot hududini ham qamrab olishi mumkinligiga shubha qilmaydi.
“Ixtilof koinotga ko‘chadi. Agar u koinotga ko‘chsa, unda biz ko‘radigan ish boshqa joydagi ishimiz kabi bo‘ladi: ixtilofning oldini olish, u hech qachon yuz bermasligiga ishonch hosil qilish uchun barcha ishni amalga oshirish, agar yuz bersa ham, bu sohada qanday kurashish va g‘alaba qilishni aniqlashdan iborat bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi Xayten.
Avvalroq AQSh harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi koinot hududidagi faoliyat uchun xarajatlarni 20 foizga oshirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?