7 yoshli qizaloq sevimli serialidagi raqs sahnasini takrorlash jarayonida tirikligicha yonib ketdi

Hindistonning Ashray qishlog’ida istiqomat qilgan 7 yoshli Prattana sevimli seriali “Nandini”dagi raqs sahnasini takrorlashga uringan paytda tirikligicha yonib ketdi. Voqea sodir bo’lgan chog’ uyda oilaning kattalaridan hech kim bo’lmagan.
Qizaloq serial qahramonining olovli halqa o’rtasida raqs tushishidan ta’sirlangan va uyga olov yoqqan. Prattana yona boshlagach, uning singlisi qo’shnilarni yordamga chaqirdi. Qo’shnilar uydagi olovni o’chirishdi va shifoxonaga qo’ng’iroq qilishdi. Ammo qizaloq voqeaning ertasi kuni shifoxonada jon berdi.
Ayni paytda Hindiston politsiyasi ushbu voqeaga qizning ota-onasi qanchalar aloqador ekanligini tekshirmoqda. Xabarda aytilishicha, ularga e’tiborsizlik aybi qo’yilishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, “Nandini” hind televideniesining eng qimmat seriallaridan biri hisoblanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qizaloq serial qahramonining olovli halqa o’rtasida raqs tushishidan ta’sirlangan va uyga olov yoqqan. Prattana yona boshlagach, uning singlisi qo’shnilarni yordamga chaqirdi. Qo’shnilar uydagi olovni o’chirishdi va shifoxonaga qo’ng’iroq qilishdi. Ammo qizaloq voqeaning ertasi kuni shifoxonada jon berdi.
Ayni paytda Hindiston politsiyasi ushbu voqeaga qizning ota-onasi qanchalar aloqador ekanligini tekshirmoqda. Xabarda aytilishicha, ularga e’tiborsizlik aybi qo’yilishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, “Nandini” hind televideniesining eng qimmat seriallaridan biri hisoblanadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…