07:15 / 07.12.2017
12 925

13 yoshli o’smir qiz hunuk tishlari sabab o’z joniga qasd qildi

13 yoshli o’smir qiz hunuk tishlari sabab o’z joniga qasd qildi
Kaliforniyalik 13 yoshli Rozali Avila o’z joniga qasd qilishdan avval oilasiga maktub yozib, “badbashara” va “hunuk” ekanligi uchun ulardan uzr so’radi.

Xabarda aytilishicha, Rozali 8 sinfda a’lo baholarga o’qigan, kelgusida advokat bo’lishni orzu qilgan. Qizaloq shuningdek chiroyli ovozi va rassomlik qobiliyati bilan ham ajralib turgan.

Oxirgi paytlarda qizning ota-onasi u bilan bog’liq ruhiy o’zgarishlarni yaqqol payqaganlar: qiz umuman kulmay qo’ygan, o’zi bilan uning tishidagi breketlari va kiyinish uslubini masxara qilgan tengdoshlari ismi yozilgan yon daftarcha olib yurgan.

“U ko’pincha uxlolmagan tunlarda yonimga kelib, sinfdoshlari notekis tishlari sabab uning ustidan kulishlarini aytib berardi” deydi Rozalining otasi Freddi Avila.

Qiz avval ham bir necha bor o’z joniga qasd qilishga uringan, ammo ota-onasi uni bu yo’ldan qaytarib qolishgan. Ular bu o’zgarishlar qizning o’smirlik yoshi bilan bog’liqligi va vaqt o’tib barchasi o’z o’rniga tushib ketishidan umid qilganlar.

Qiz o’z maktubida omadsiz bo’lib tug’ilgani uchun yaqinlaridan uzr so’rab, tengdoshlari tomonidan masxaralanishga ortiq chiday olmasligini yozib qoldirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 13 yoshli o’smir qiz hunuk tishlari sabab o’z joniga qasd qildi