17:25 / 07.12.2017
6 453

Qoyilmaqom qahramonlik! Politsiya xodimi mitti chaqaloqni o’lim changalidan olib qoldi

Qoyilmaqom qahramonlik! Politsiya xodimi mitti chaqaloqni o’lim changalidan olib qoldi
AQSHning Jorjiya shtatida istiqomat qiluvchi Tina Adkins qizalog’i Bellaning nafas olmayotganini sezib qolgach, darhol tez tibbiy yordam xizmati va har ehtimolga qarshi politsiyaga qo’ng’iroq qildi.

Bu paytda shaharda yuzaga kelgan avtomobillar tirbandligi sabab tibbiy xizmat yo’l o’rtasida qolib ketdi, voqea joyiga yetib kelgan politsiya ofitseri Uilyam Eng esa chaqaloqning xushsiz yotganini ko’rib, o’zini yo’qotmadi. Darrov o’zini qo’lga oldi-ю shifokorlar yetib kelishini kutishga vaqt yo’qligi tushunib etdi. Ofitser qizaloq yoniga kelib, uning yurak sohasini uqalay boshladi. Natijada biroz o’tmay qizaloq hayotga qaytdi va bu haqida yig’i tovushi bilan belgi berdi.

Uilyam qizaloqni o’z mashinasiga solib. shifoxonaga eltdi. Shifokorlar esa “Agar Uilyam o’z vaqtida harakat qilmaganda qizni saqlab qolishga imkon bo’lmasdi” degan hulosalar keldilar.

Savanna politsiya mahkamasi Uilyamga tashakkurnoma topshirdi. Ajal domidan omon qolgan Bella esa uni qutqarib qolgan ofitser ishlaydigan politsiya bo’limining belgisi tushirilgan maxsus kiyimga ega yagona chaqaloqqa aylandi.

Uilyam Eng bo’lib o’tgan hodisalarga nisbatan “Men shunchaki tinchlanib oldim va menga o’rgatilgan ishlarni amalga oshirdim” deya izoh bildirdi. Bellaning volidasi Tina Adkins esa o’z minnatdorchiligini hech kimdan yashirib o’tirmadi: “Ayrim hayotiy vaziyatlarda biz faqat farishtalar ko’magidan umid qilamiz. Uilyam – bizning farishtamiz!”

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qoyilmaqom qahramonlik! Politsiya xodimi mitti chaqaloqni o’lim changalidan olib qoldi