
Krech, Feodosiya, Belogorsk, Simferopol, Baxchisaray va Sevastopolni o’zaro bog’lovchi “Tavrida” trassa qurilishi jarayonida arxeologlar ko’plab ajoyib topilmalarga duch kelishmoqda. Ana shulardan biri Baxchisaray tumanidan topilgan qadimiy mozor bo’lib, u yerda yuzlab musulmon hamda nasroniylik e’tiqodi egalari dafn etilgan.
Jasadlar ilk o’rta asrlarning Oltin O’rda davriga tegishli ekanligi aytilmoqda.
Ekspiditsiya rahbari Sergey Vnukovning so’zlariga qaraganda, ushbu mozor boshsiz suyaklar betartib tarzda ko’milgan handaqlardan iborat.
–70 ga yaqin jasadlarning barchasida chopqi izlari bor... Barchalari boshsiz, tartibsiz ko’milgan. Bu ommaviy tarzda qatl qiligan asirlar, deydi Vnukov Simferopoldagi konferentsiyada.
Mozorlardan biri undan ham qadimiyroq, ya’ni bronza davriga tegishli bo’lib, suyaklar yonidan hukmronlik belgisini anglatuvchi granit to’g’nag’ich topilgan, deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar