15:21 / 10.12.2017
10 541

3 yoshli bolakay shifokor qabuliga navbat kutib o’tirgan paytda vafot etdi

3 yoshli bolakay shifokor qabuliga navbat kutib o’tirgan paytda vafot etdi
Birmingemlik 3 yoshli bolakay shifoxonadagi davolovchi mutaxassis qabuliga kirish uchun 1 soatdan ko’proq navbat kutib o’tirgan paytida ahvoli og’irlashib, vafot etdi.

Xabarda aytilishicha, Bazil Muxammad noyob Uolkotta-Rallison sindromiga chalingan, bu esa yurak va buyrak yetishmovchiligiga olib kelgan. Bundan tashqari bolakayda tug’ma ravishda qandli diabet ham bo’lgan.

Bolakayning otasi Muavay Muxammad farzandigini shifoxonaga olib kelgach, navbat kutib o’tirgan paytida bolaning ahvoli yomonlasha boshlagan va erkak darhol bu haqida shifoxona xodimlariga xabar bergan.

“Bu mening o’g’lim, men uni his qila olaman. Men xodim yoniga borib, o’g’lim ketish arafasida ekanligini aytdim. U menga qarab “Nimani nazarda tutyapsan?” deb so’radi. Men esa agar shifokor uni imkon boricha tezroq qabul qilmasa, Bazil o’lib qolishi mumkinligini aytdim” deydi Muavay.

Ammo ushbu xabardan keyin ham biror shifokor bolaning yoniga kelib, uni qabul qilmagan va kichkintoy otasining qo’llarida jon bergan.

Ayni paytda marhum bolakayning otasi ushbu ish yuzasidan to’liq tekshiruv olib borilishini talab qilyapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 3 yoshli bolakay shifokor qabuliga navbat kutib o’tirgan paytda vafot etdi