date

Afg‘onistondagi zilzila aks-sadosi Novosibirskda sezildi

Afg‘onistondagi zilzila aks-sadosi Novosibirskda sezildi

Novosibirskdagi baland binolarning yuqori qavatlarida yashovchi yoki ishlovchi kishilar Afg‘onistonda sodir bo‘lgan kuchli zilzilaning aks-sadosini sezdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

«Haqiqatan ham kuchsizroq er qimirlashi bo‘lib o‘tdi. Bu Afg‘oniston va Tojikiston chegarasida sodir bo‘lgan zilzilaning aks-sadosi edi. Ba’zi kishilar uni payqagan, biroq aholi qo‘ng‘iroqlarining soni unchalik ko‘p emas», — deydi FVV hududiy bo‘linmasi vakili.

U hech qanday vayronagarchiliklar bo‘lmaganligi va hech kim jabrlanmaganligini ma’lum qildi. Evakuasiya ham amalga oshirilmagan.

Hodisa guvohlaridan birining so‘zlariga qaraganda, kishilar taxminan 6-qavat balandligida er qimirlashini sezgan.

Eslatib o‘tamiz, Hindikush tog‘larida 26 oktyabr, dushanba kuni Afg‘oniston vaqti bilan 14:09 da 7,5 magnitudali zilzila yuz berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistondagi zilzila aks-sadosi Novosibirskda sezildi