Moskva shahri janubi-g‘arbida joylashgan kafedagi maishiy mojaro O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining “birga bir” ommaviy mushtlashuvi bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy mushtlashuv haqida guvohlar tungi soat taxminan ikkilarda IIB navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishgan.
"Sevastopol shohko‘chasidagi sharq oshxonasiga ega kafeda ikki erkaklar guruhi dam olib o‘tirgan bo‘lgan, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari, - deya aytib o‘tgan huquqni muhofaza qilish organlaridagi manba “KP”ga. – Uzoq o‘tirishgan. Mast bo‘lishgan. Kafe xodimlarining aytishicha, ular o‘rtasidagi mojaro arzimagan narsadan kelib chiqqan – bir kishi boshqasini yelkasi bilan turtib yuborgan. Janjallashib qolganlarga do‘stlari yordamga kelishgan”.
Moskva politsiyasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, voqea joyiga yetib kelgan patrul xizmati xodimlari 12 kishini qo‘lga olishdi. Ular yaqin oradagi politsiya bo‘linmasiga yuborildi. Mojaro tafsilotlari, kim mushtlashuvda qay darajada ishtirok etgani aniqlashtirilmoqda.
"Ikki erkak shifoxonaga olib ketildi, - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan politsiyadan. – Har ikkisida ham jarohatlar. Ulardan biriga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilgach javob berilgan". “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi