14:57 / 15.12.2017
4 499

Putin Tramp bilan bir-birlarining ismlarini aytib so’zlashishlari haqida ma’lum qildi

Putin Tramp bilan bir-birlarining ismlarini aytib so’zlashishlari haqida ma’lum qildi
RF prezidenti Vladimir Putin Oq uy rahbari Donald Tramp bilan bir-birlarining ismlari aytib, muloqot qilishlari haqida ma’lum qildi. Shuningdek Putin, agar ingliz tilida “Sen” so’zining tarjimasi bo’lganda (ingliz tilidagi “you” olmoshi “Sen” va “Siz” ma’nolarini birday anglatadi) allaqachon shunday muloqot ko’rinishiga o’tgan bo’lishlarini ham qo’shimcha qilgan.

“Biz janob Tramp bilan bir-birimizga ismlarimizni aytib murojaat qilamiz, shuning uchun bilmayman. Agar “Sen” va “Siz” bo’lganda, biz “Sen” ga o’tib olgan bo’larmidik? Menimcha, ha” deb javob berdi Putin jurnalistlardan birining aynan shu mazmundagi savoliga. – Biz u bilan juda kam, ikki marta nari-beridan ko’rishgan bo’lsak-da, umuman olganda saylovchilar tomonidan taqdim etilgan ayni faoliyat turi bilan shug’ullanayotgan odamlar orasida ish faoliyatiga doir aloqa bo’lishi kerak.”

Eslatib o’tamiz, Vladimir Putin va Donald Tramp shu kunga qadar ikki marta – Gamburg va Vyetnamdagi sammitlar chog’ida ko’rishganlar holos.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Tramp bilan bir-birlarining ismlarini aytib so’zlashishlari haqida ma’lum qildi