21:00 / 17.12.2017
14 429

Ayol bola paytida koma holatiga tushgach, o‘z kelajagini ko‘ra olgan ekan

Ayol bola paytida koma holatiga tushgach, o‘z kelajagini ko‘ra olgan ekan
Amerikalik Enn Xoll o‘z onasi haqida ajabtovur bir voqeani gapirib berdi. Uning aytishicha, onasi bola paytida ko‘lda cho‘milayotib kutilmaganda cho‘kib ketgan. Bunga suvga o‘zini tashlaganda, qayiqqa bosh bilan urilib hushidan ketishi sabab bo‘lgan ekan. U ko‘l tubiga cho‘kayotib, ruhan yuqorilay boshlaganini his etgan. Tanasi esa pastda qolib ketgan. O‘shanda boshqalar kabi o‘tmishni emas, kelajagini ko‘ra olgan.

— Onam ruhi yuqoriga ko‘tarilgach, qandaydir bir necha o‘n soniyalar ichida, — deydi Enn. — Bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ini, tug‘ilajak farzandlarining yuz tuzilishini aniq ko‘ra bilgan. Lekin farzandlaridan birining yuz tuzilishi qolganlariga umuman o‘xshamasdi…
Onani yuqoriga olib chiqib hushiga keltirishganda, ko‘rganlarini qarshisidagilarga gapirib bergan. Biroq hech kim uning gapiga ishonmagan. Oradan yillar o‘tib esa ona o‘sha o‘zi komadaligida ko‘rgan yigitga turmushga chiqqan. Besh farzandni dunyoga keltirgan. Vaholanki, farzandlarining yuz tuzilishi koma holatida ko‘rganlarining o‘zi edi. Faqat oltinchi bolani dunyoga keltira olmadi. Homila muddatidan oldin tushib qoldi. Bu o‘shanda boshqa bolalariga yuz tuzilishi jihatidan umuman o‘xshamagani ekan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayol bola paytida koma holatiga tushgach, o‘z kelajagini ko‘ra olgan ekan