08:03 / 21.12.2017
6 212

AQSh Ramzon Qodirovga sanksiya qo‘lladi

AQSh Ramzon Qodirovga sanksiya qo‘lladi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov AQSh moliya vazirligining sanksiyalar qo‘llanishiga sabab bo‘luvchi «Magnitskiy ro‘yxati»ga kiritilgan. U bilan birga Rossiyaning yana to‘rt nafar fuqarosi ushbu ro‘yxatga kiritilgan, deb yozadi Kun nashri.

Amerika moliya vazirligi saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, Qodirovdan tashqari «Magnitskiy ro‘yxati»ga Ayub Katayev, Yuliya Mayorova, Andrey Pavlov v Aleksey Sheshenya kiritilgan.

Chechenistonga 2007 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ishonchli vakili hisoblanuvchi Ramzon Qodirovning «Magnitskiy ro‘yxati»ga kiritilish sababiga oydinlik kiritilmagan.

Magnitskiy akti AQShda 2012 yilning dekabrida qabul qilingan. U Kongress tomonidan inson huquqlarini buzish va korrupsiyaga aloqador rossiyaliklarga nisbatan sanksiya joriy etilishini nazarda tutadi.

Akt Vashingtondagilar tomonidan Hermitage Capital fondi yuristi Sergey Magnitskiyning tergov izolyatorida o‘limiga sababchi va inson huquqlarini poymol qilishga aloqador, deb hisoblanuvchi rossiyalik amaldorlarning vizalariga rad javobi berish, shuningdek, moliyaviy sanksiyalar qo‘llashni nazarda tutadi.

Sergey Magnitskiy huquq himoyachilari tomonidan «qiynoqli» deb atalgan sharoitlarda 2009 yilda vafot etgan. Yuristning Hermitage Capital fondidagi hamkasblarining aytishicha, Magnitskiy Rossiya byudjetidan milliardlab rubl o‘marilganini isbotlovchi, IIV xodimlari va soliq inspeksiyasidagilar bilan bog‘liq yirik miqdordagi firibgarlikni ochganligi uchun jazo sifatida unga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Ramzon Qodirovga sanksiya qo‘lladi