Internetda paydo bo’lgan mazkur suratda +37 darajali havo haroratida mitti qizaloqning yerga egilib olgancha loyqa ko’lmak suvidan ichiga urinayotganini ko’rish mumkin.Surat mahalliy jurnalist Mig Rios tomonidan Argentinaning shimoli-sharqiy tomonida joylashgan Posadas shahrida kadrga muhrlangan.
“Mamlakat jaziramadan azob chekayotgan payt, ushbu mitti guarani qizaloq yerdagi iflos suvdan ichishga majbur. Bizning jamiyatining nimanidir noto’g’ri qilyapti – deydi Rios. – Nima uchun bu suratni e’lon qildim? Hamisha rad etilgan muammolar haqida gapirishni boshlash uchun. Biror narsa qilish o’rniga bu bolalar tomonga pul tashlab o’tishda davom etyapmiz”.
Ko’rinishidan 4 yoshli bu qizaloq mahalliy Guaranilardan bo’lib, ular o’z farzandlaridan tilanchilik qilish uchun foydalanadilar. Bu yerdagi aholi tilanchilik orqali qishloqdagi ishlarni qilib topadigan pullaridan ko’proq mabag’ ishlashadi.
Xabarda aytilishicha, surat internetda tarqala boshlagach, foydalanuvchilar tomonidan bee’tibor qoldirilmadi. Migning hamkasbi esa suratdagi qiz va uning do’stlarini izlab, bolalar uchun kerakli buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari va albatta, toza ichimlik suvi bilan yo’lga chiqdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi