
Xitoyning Chendu shahridagi qo‘riqxonada daraxtdan qulagan panda ikki turdoshini qo‘rqitib yubordi. Voqea videosi People’s Daily China nashri tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Videoda daraxt ostida hordiq chiqarayotgan ikki panda ustiga daraxtdan uchinchisi qulaganini ko‘rish mumkin. So‘ng ularning bari daraxt shoxini o‘ynashga kirishib ketgan.
Chendu qo‘riqxonasi xodimlari pandalar hayotini kuzatuv kameralari orqali kuzatib boradi va qiziqarli lavhalarni vaqti-vaqti bilan internetga chiqaradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar