
AQSHning Kaliforniyada shtatida tez kunlarda “Selfi muzeyi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tishi kutilmoqda. Muzey asoschilari selfini zamonaviy san’at turlaridan biri ekanligi va buni tan olmaslik mumkin emasligiga ishonishmoqda.
Muzeydan avtoportret tarixiga oid materiallar, o’zini suraтga olayotgan mashhur shaxslar ishtirokidagi ko’plab yumoristik va hajviy suratlar o’rin olgan.
Xabarda aytilishicha, muzey yaratuvchilari mazkur maskanga asosan selfi ishqibozlari tashrif buyurishlarini tahmin qilgancha istalgan inson yonida suratga tushishi mumkin bo’lgan va selfining mashhur yo’nalishlarini (taom bilan birgalikdagi surat, ko’zgu orqali olingan tasvir va baland uy tomidagi surat kabi) o’zida jo qilgan bir nechta stendlar ham yaratdilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing