
AQSHning Virjinya shtatida 17 yoshli o’smir o’zaro munosabatlariga qarshilik ko’rsatgani uchun sevgan qizining ota-onasini otib tashladi.
Xabarda aytilishicha, qotillik Lorton shahrida sodir bo’lgan.
Munosabatlarining ta’qiqlanishidan g’azablangan o’spirin kechki payt sevgan qizining uyiga yashirincha kirib borgan va uning 48 yoshli otasi va 43 yoshli onasini otib o’ldirgan.
Qotillikdan so’ng o’smir o’zini ham otgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga erishdilar.
Aniqlanishicha, yigit sevgan qizi ota-onasining gapini qaytara olmay, shaxsiy munosabatlariga nuqta qo’yishi haqida aytganidan so’ng mazkur ishga qo’l urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar