
Olimlar AQSHda 1951-1973 yillar davomida o’tkazilgan yadroviy sinovlar natijasida halok bo’lganlar sonini aniqlashdi va ushbu ko’rsatkich 695 mingga yetdi. Arizona universiteti olimlarining ta’kidlashlaricha, atmosfera, tuproq va suvga tushgan radioaktiv zarralar keyinchalik oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidan ham topilgan.
Xabarda aytilishicha, AQSHdagi eng ommabop oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo’lmish sut ham radiatsion zaharlanishga duchor bo’lgan. Tadqiqotchilar halokat hududi – butun mamlakat ekanligini qayd etdilar.
AQSHda o’tkazilgan yadroviy sinovlardan olingan zarar shu shungacha hisoblab chiqilmagan. Biroq onkolog va atrof-muhit himoyachilari yer, havo va oziq-ovqat mahsulotlariga tushgan radioaktiv zarralar millionlab insonlarning o’limiga sabab bo’lganini ta’kidladilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing