12:30 / 28.12.2017
4 803

Xorazmlik yigit Nigeriyaning suvsiz hududida ikkita quduq qurdirdi

Xorazmlik yigit Nigeriyaning suvsiz hududida ikkita quduq qurdirdi
Duyoning ko‘plab mintaqalarda odamlar qurg‘oqchilik, ochlikdan aziyat chekmoqda. Bu o‘sha mintaqalarda istiqomat qilayotgan odamlar salomatligiga katta ta’sir etibgina qolmay, tug‘ilish sonining kamayishi, bolalarning ham jismonan, ham aqlan zaif bo‘lib dunyoga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Har yili minglab kattalar va bolalar suvsizlik, ochlik sabab olamdan ko‘z yumadi.

Bu muammo necha yillarkim Nigeriyada ham o‘z yechimini topmay kelayotgani ko‘pchilikka yaxshi ayon. O‘zbek esa hamisha mehmondo‘st, bir mayizni qirqqa bo‘lib yeyishi bilan boshqa millatlarga ibrat bo‘lgan. Ana shunday o‘zbekistonliklardan biri, ayni damda AQShda istiqomat qilayotgan, asli xorazmlik bo‘lgan Suhrob Karimov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali Nigeriyaning suvsiz hududlaridan birida zamonaviy quduq qurdirib, aholining quvonchiga sababchi bo‘lganini yozadi.

“Yangi loyihamiz – Nigeriyada zamonaviy quduqlar qurish. Bir juft quduqlar allaqachon tayyor va ularni ota-onamning ismlari bilan nomladim”, deydi Suhrob Karimov

Suhrob Karimov nafaqat shunchaki ibratli ishga qo‘l urgan, balki uzoq yillarga tatigulik savob qilgan. Aynan o‘sha hududda toza ichimlik suviga muhtoj bolalar kun kelib Suhrob Karimov nomini o‘zgacha faxr bilan tilga olsalar, ajab emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xorazmlik yigit Nigeriyaning suvsiz hududida ikkita quduq qurdirdi