AQShning MSNBC telekanali jonli efirida tirannozavr kiyimida uch kishi paydo bo‘lgani Twitter foydalanuvchilarini zavqlantirdi.
Efirning videosi telekanalning tvitterdagi rasmiy kanalida joylashtirilgan. “Xeyli Jekson ishtirokidagi jonli efirga uchta tirannozavr yopirilib kirgan payt”, deb izoh berilgan videoga.
Videoda kanalning Oq uydagi muxbiri Xeyli Jekson mutaxassis bilan soliq islohotini muhokama qilayotganini ko‘rish mumkin. Shu payt mutaxassisning ortida tirannozavr kiyimida 3 kishi paydo bo‘lib, bir-birlari bilan go‘yoki kurashayotgandek bo‘lishadi. Bu holatga na muxbir, na mutaxassis e’tibor bergan.
Tvitter foydalanuvchilarida bu holat zavq uyg‘otgan.
“Buni ko‘rib, kulgidan o‘zimni tiya olmayapman”, deb yozgan Jina Di.
“Tarixda yangiliklardagi eng yaxshi fon”, deb izoh bergan rolikka Tomas Xolbruk.
“Xeyli Jekson Yura davri bog‘idan jonli efir olib bormoqda”, deb yozgan yana bir foydalanuvchi.
Muxbirning o‘zi esa ushbu holatga keyinroq “Yaxshiyam, timsohlar emas ekan”, deb izoh bergan.
Aniqlanishicha, ushbu “sahna”ni 4 kishi hazil tariqasida ataylab uyushtirgan. Ulardan 3 nafari dinozavr kiyimida bo‘lgan, yana bir kishi MSNBC kanalini telefonda tomosha qilib, sheriklariga ko‘rsatma berib turgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi