
Reddit sayti foydalanuvchilaridan biri ukasi uchun velosiped ko’rinishidagi yangi yil sovg’asini tayyorlab, uning ichiga bog’ ishlari uchun mo’ljallangan gulqaychi solib qo’ydi va o’z ixtirosini suratga olib, internetga joyladi.
Ushbu hazil internet foydalanuvchilari kulgusiga sabab bo’ldi va ular ham o’z yaqinlari bilan qanday hazil qilgani haqida so’zlay ketishdi. Ulardan biri o’z otasi yangi yil bayramida sovg’ani umuman boshqacha shaklda o’ratib kelishi va ochilgach, ichidan mutlaqo hayolga kelmaydigan narsa topilishi haqida yozgan.
Ushbu beg’araz hazil haqiqatan ham kishi yuzida tabassum uyg’otadi va yaqinlaringiz kayfiyatining ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Balki uni siz ham amalda sinab ko’rarsiz?
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar