2018 yil 1 yanvaridan boshlab Qozog‘istonda bachchabozlarga qarshi kimyoviy usulni qo‘llashga ruxsat beruvchi qonunchilik tuzatishlari kuchga kiradi. Mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilikka tuzatishlarning Katta to‘plamini 2016 yil aprelida imzolagan edi.
Shunday choralardan biri kimyoviy yo‘l bilan bichishni nazarda tutadi. Avvalroq, respublika Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar va kichik yoshdagilarga nisbatan zo‘ravonlik hamda jinsiy mayllik ko‘rsatganlarga nisbatan har qanday holatda ham shartli jazo muddati tayinlash, amnistiya akti qo‘llash, jazoni yengilroq turiga almashtirish, shartli ravishda muddatidan avval ozodlikka chiqarish, bachchabozlar bilan protsessual kelishuvlar kabi choralar qo‘llanilmasligini ta’kidlagan edi.
"2018 yil 1 yanvaridan kimyoviy usulda bichish qo‘llaniladi. Ya’ni sud qaroriga muvofiq, sudlanuvchi jinsiy maylni susaytiruvchi dorilar ichishga majbur qilinadi", - deyiladi Prokuratura saytida. Mazkur chora 18 yoshdan katta, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligini buzgan fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladi.
2018 yil boshidan, shuningdek respublika sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan kimyoviy usulda bichishni qo‘llash qoidalari ham kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi