
Qirg’izistonning Chuy viloyatida 13 yoshli maktab o’quvchisi ona bo’ldi. Bolaning otasi kim ekanligi haqida esa hech qanday ma’lumot berilmagan.
7 sinfda tahsil oluvchi qizning homilador ekanligi o’quv yilining boshidanoq ma’lum bo’lgan. O’sha paytda qiz o’ziga nisbatan zo’rlik ishlatilgani haqida ma’lum qilgandi.
]Xabarda aytilishicha, politsiya bu borada jinoiy ish qo’zg’atgan, ammo bolaning otasi kim ekanligi shu paytgacha aniqlanmagan.
Tug’ruqxona rahbari bergan ma’lumotlarga ko’ra, bola 2,8 kg vazn ko’rsatkichi bilan 23 dekabr kuni kesarcha kesish usuli orqali dunyoga kelgan. Shifokorlar onaning ham, bolaning ham ahvoli yaxshi ekanligini aytishmoqda.
Qayd etish kerakki, qiz homiladorlik paytlarida Lebedinovka qishlog’ida onasi va o’gay otasi bilan birga yashagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar