Avvalroq, Janubiy Koreyaning Milliy birlashish ishlari bo‘yicha vaziri Cho Myon Gyun, uning mamlakati hech bir shartlarsiz, KXDR bilan bir qator masalalar bo‘yicha muzokaralarga kirishishga tayyor ekanini bildirgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Janubiy Koreya KXDR rahbariyatiga 9 yanvar kuni ikki davlat o‘rtasida quroldan holi, deb hisoblangan hududda yuqori darajadagi uchrashuvni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.
Bundan oldinroq, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z xalqiga qilgan yangi yil murojaatida, Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o‘tkaziladigan qishki olimpiada o‘yinlarida Shimoliy Koreya sportchilari ishtirok etishiga umid bildirgan edi.
Janubiy Koreyaning Milliy birlashish ishlari bo‘yicha vaziri Cho Myon Gyunning so‘ziga ko‘ra, rasmiy Seul Pxenyanga munosabatlarni yaxshilash borasida uchrashish o‘tkazishni taklif qildi.
Janubiy Koreyaning vaziri Cho Myon Gyun, “Biz Janub va Shimol faqatgina Pxyonchxanda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarini emas, balki ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan boshqa masalalar, o‘zaro munosabatlarni yaxshilashni ham muhokama qilishni kutib qolamiz”, degan.
Bu ikki davlat rahbarlarinig yuqori darajadagi eng oxirgi uchrashuvi, vazir o‘rinbosari darajasida 2015 yil dekabr oyida o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas