17:46 / 03.01.2018
8 016

Uyidagi archa tagidan notanish kishini topib olgan ayol...

Uyidagi archa tagidan notanish kishini topib olgan ayol...
Eldar Ryazanovning «Taqdir tuhfasi yoxud qushdek yengil bo‘ling» filmi to‘qima emas ekan. Bu holatni Albina Markova ismli ayol o‘z boshidan o‘tkazdi.

Ertalab Albinaning turmush o‘rtog‘i ishga ketgach, u eshikni qulflashni unutib, vannaxonaga kirib ketdi. Vannadan chiqqanida esa qo‘rqib ketgan o‘g‘li kvartirada begona erkak borligini aytib qoldi. U archaning tagida oyoqlarini yig‘ib, uxlab yotar, yonida esa kiyimlari taxlab qo‘yilgan edi.

«Buni ko‘rib, juda qo‘rqib ketdim, bunday holat kelib-kelib mening xonadonimda sodir bo‘ladi, deb o‘ylamagandim. Dastlab turmush o‘rtog‘im ishdan ertaroq kelib, archa tagida uxlab qolgan, deb o‘yladim. Yaxshilab qarasam, unday emas ekan».
Qo‘rqib ketgan ona-bola darhol vannaxonaga yashirinib olishdi. Ayol o‘sha yerdan turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qildi.

Xonadoniga qaytib kelgan uy sohibi mehmonni uyg‘otishga urinib ko‘rdi. Shaxsini aniqlash uchun esa sumkasini titishga to‘g‘ri keldi. Aniqlanishicha, notanish daydi tibbiyot fakultetining 4-kurs talabasi ekan. Familiyasini eshitgandan so‘ng talaba o‘ziga keldi, biroq begona odamning uyiga qanday kirib qolganini izohlab bera olmadi.

Bu holatni ayol labda kulgi bilan qarshiladi, biroq uning eri keyingi safar «Ippolit» qat’iyatli bo‘lishini va moskvalik piyonistaning adabini berib qo‘yishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uyidagi archa tagidan notanish kishini topib olgan ayol...