Barak Obamaning sobiq rasmiy suratchisi Pit Souza Instagram’da AQSh prezidentining yadroviy chamadoni suratini joylashtirdi.
Souza ushbu suratni AQSh prezidenti Donald Tramp uning yadroviy tugmasi Shimoliy Koreya yetakchisinikidan “kattaroq va kuchliroq” ekanligini aytgandan keyin namoyish qildi.
Suratlardan birida Oq uy xodimi prezident samolyotiga ichida AQSh strategik mudofaasining mobil boshqarish tizimi bo‘lgan sumkani olib chiqib ketayotgani tasvirlangan. Yana bir suratda esa AQSh prezidenti stolida o‘rnatilgan qizil tugma tasvirlangan. Qizil tugmacha joylashgan panelda prezident gerbi va “Murakkab qarorlarni qabul qilish qiyin” (Hard things are hard) degan yozuvli tablichka bor.
Foto: instagram / petesouza
“Yaxshiyamki, bu qizil tugmacha urushni boshlash uchun emas, balki yordamchini chaqirish uchun qo‘llanadi”, deb aytgan suratchi.
Avvalroq britaniyalik milliarder Richard Brenson Obama bilan uchrashuv vaqtida sobiq prezident qizil tugmadan mehmonlarga choy buyurtirish uchun foydalanganini so‘zlab bergandi.
Yadroviy davlatlar prezidentlariga qit’alararo raketalarni uchirishga imkon beruvchi tizim shartli ravishda “yadroviy tugma” deyiladi. Aslida esa bu tizim maxsus asboblar va raketalarni uchirish kodlaridan iborat yadroviy chamadondan iborat. Bu mobil tizim prezident yo‘lda bo‘lganda ishlatish uchun mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas