
AQSHning amaldagi prezidenti Donald Trampning katta qizi Ivanka Tramp AQSH tarixidagi birinchi ayol prezident bo’lish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda. Bu haqida jurnalist Maykl Vulff muallifligidagi “Alanga va g’azab: Trampning Oq uyida” nomli kitobida turli ma’lumotlarni keltirgan.
AQSH prezidentining qizi otasidan so’ng prezidentlik kursisini egallash niyatida. Kitobda Ivanka va uning eri Jared Kushner o’z maqsadlariga etishish uchun prezidentlik ma’muriyati tarkibiga kirib olganliklari haqida so’z boradi. Ular Amerika tarixdagi ilk ayol prezident Xillari Klinton emas, Ivanka Tramp bo’lishini rejalashtirishgan, deyiladi xabarda.
“Juftlik kelgusida imkoniyat paydo bo’lsa, uning (Ivankaning) prezidentlik uchun saylovlarda qatnashishiga kelishib olishgan” deydi kitob muallifi.
Kitob 9 yanvar kuni sotuvga chiqariladi.
Biroq Oq uy undagi ma’lumotlarning yolg’on ekanligini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar