4 yanvar kuni Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo shahardagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli favqulodda vaziyat holatini e’lon qildi. Bu haqda gubernator o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
“Men ekstremal ob-havo sharoiti tufayli Nyu-York, Uestchester va Long-Aylendda favqulodda vaziyat holatini e’lon qilaman”, deb yozgan Endryu Kuomo.
Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroport ham vaqtincha o‘z ishini to‘xtatdi. Aeroport ma’muriyati “Kuchli tuman va ko‘rish darajasining pastligi tufayli vaqtinchalik parvozlar to‘xtatildi”, deya e’lon berdi. Shu sabab shu kunlarda Nyu-York shahriga borishni rejalashtirgan o‘zbekistonliklarning parvozlari kechiktiriladi. Parvoz vaqti haqida aviatashuvchi kompaniyadan ma’lumot olish mumkin bo‘ladi.
Aytish kerakki, avvalroq AQSh butunjahon okean va atmosferasi tadqiqot milliy boshqarmasi kuchli bo‘ron xavfidan ogohlantirgan edi. Sinoptiklar qor qalinligi 7,1 sm ga yetishi mumkinligini taxmin qilishdi. Harorat esa 9 darajagacha tushib ketishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas