Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya keyingi haftada muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Janubiy Koreyaning milliy birlashuv ishlari vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik vakili Pek Txe Xyonning aytishicha, 5 yanvarda Pxenyan 9 yanvarda muzokaralarga o‘z delegatsiyasini yuborishi haqida telefonogrammani jo‘natgan. Muzokaralar qurolsizlashtirilgan hududning janubiy qismidagi muzokaralar punkti Pxanmundjomda bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralarda muhokama qilinadigan asosiy masalalar ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari, jumladan Pyongchangdagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha hamkorlik bo‘ladi. Agar ikki tomon kelishuvga erishsa, uni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bilan muhokama qilishi kerak bo‘ladi.
Ikki davlat o‘rtasida oxirgi marta oliy darajadagi muzokaralar 2015 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan.
3 yanvarda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyan va Seul o‘rtasida anchadan beri ishlamayotgan “qaynoq liniya”ni ochishga buyruq bergandi. O‘sha kunning o‘zida Shimol va Janub vakillari aloqa kanalini tiklash bo‘yicha telefon muloqoti o‘tkazishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas