Xazina izlovchi yigit XV asrda yasalgan qadimiy uzukni topib oldi

Xazina izlovchi yigit XV asrda yasalgan qadimiy uzukni topib oldi
Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi 30 yoshli Adam Deya katta yuk mashinasi haydash bilan birga bo’sh vaqtida turli xazinalar izlashni xush ko’radi.

Bu safar yangi maskanda ishga kirishgan yigit metall detektori yordamida Yorkshir maydonida qadimiy tilla uzukni topishga muvaffaq bo’ldi.

Xabarda aytilishicha, buyumni ko’zdan kechirgan mutaxassislar uning XV asrda yasalgani va mahalliy ruhoniylardan biriga tegishli bo’lgani haqidagi tahminlarni ma’lum qildilar. Ayni paytda uzukning narhi 10000 funt deya baholanmoqda.

Adamning aytishicha, uzukni topib olgan paytda hayajondan qo’llari titray boshlagan. Sababi uzuk yigit 3 yildan buyon shug’ullanadigan mazkur xobbi orqasidan topilgan ilk qadrli buyum sanaladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar