Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan Pyongchang Olimpiadasiga «alohida delegatsiya» yuborish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu delegatsiya tarkibidan artistlar, musiqachilar va taekvondo bo‘yicha maxsus jamoa o‘rin oladi. Hozircha shimolliklar Olimpiadaga o‘z sportchilari delegatsiyasini yuborishi yoki yubormasligi ma’lum emas. 8 yildan buyon KXDR Qishki olimpiadada qatnashmaydi.
Bugun, 9 yanvar, seshanba kuni Pxanmundjom chegara punktida Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi boshlandi.
2015 yil dekabridan beri ilk bor o‘tkazilayotgan muzokaralarning asosiy mavzusi Seul va Pxenyan munosabatlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy qadamlar, jumladan, KXDR sportchilarining Pyongchangdagi qishki Olimpiadadagi ishtiroki bo‘ldi.
Ikki davlat delegatsiyalari tarkibiga 5 kishidan kirdi. Janubiy Koreya delegatsiyasini birlashish vaziri Cho Myon Gyon, KXDR delegatsiyasini Koreyani birlashtirish qo‘mitasi raisi Ri Son Gvon boshqardi.
O‘z navbatida, Janubiy Koreya "Koreya urushi" davomida ajralib ketgan oilalar uchrashuvini shu yil 16 fevral kuni tashkillashtirish taklifi bilan chiqqan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi