Yollanma jangarilarning Yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlar zonasidan qaytishi Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligiga raxna soladi, degan Qozog‘iston xalqaro munosabatlar kengashi raisi Yerlan Karinning Ostonadagi «KazMedia Xoll»dagi muhokamalar chog‘idagi chiqishida. Uning so‘zlarini «Anadolu» agentligi keltirmoqda, deb yozadi Kun nashri.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlar asosida yotgan sabablar, Afg‘onistondagi beqarorlik va radikalizm Markaziy Osiyo davlatlari uchun yangi tahdidlarni paydo qiladi.
«Yaqin Sharqdan terrorchilar tomonida turib jang qilgan markaziy osiyoliklarning qaytishi radikalizm holatlarining o‘sish xavfi bilan bog‘langan», — degan Karin.
Kengash raisi Soufan Group tadqiqotiga e’tibor qaratgan, uning ma’lumotlariga ko‘ra Suriya va Iroqda Markaziy Osiyodan besh mingga yaqin kishi jang qilgan, ularning 500 nafari allaqachon vatanlariga qaytishgan.
Karinning fikricha, mintaqada terrorizm xavfiga Yaqin Sharqdagi vaziyat o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Shuningdek, ekspert Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiyotlari 2018 yilda o‘sishga erishishi borasida prognozlarini ham ochiqlagan. «Qozog‘iston iqtisodiy o‘sishining o‘rtacha sur’atlari 2–3 foiz, Qirg‘izistonniki 3–3,5 foiz. O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonning iqtisodiyoti taxminan olti foizgacha o‘sadi», — degan Karin.
Ekspertning fikricha, Turkmanistonda shu yil o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan parlament saylovlari mintaqaga aytarli ta’sirini o‘tkazmaydi.
Kengash raisi Qirg‘izistonda muddatidan avval parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi ehtimolini ham inobatdan soqit etmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi