
Xitoyning Xefey shahrida maktab o‘qituvchisi tezyurar poyezd eshiklarini to‘sib, kechikayotgan eri sabab uning ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Bu haqda «South China Morning Post»ga tayanib «Kun» nashri xabar berdi.
Voqea Guanchjou tomon harakatlanayotgan poyezdda sodir bo‘lgan. Rolikda ayolning farzandi ko‘z oldida stansiya xodimlari bilan bahslashayotganini ko‘rish mumkin. U eri yetib kelgandan keyingina poyezd eshiklari oldidan ketishini aytadi.
Bir muddat uni perronga siltab chiqarishadi. Ayol yerga yiqiladi va so‘nggi lahzalarda eshiklarning yopilishiga yo‘l qo‘ymaydi, hammasi yana qaytadan boshlanadi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, er-xotin vokzalni adashtirib qo‘yishgani sabab poyezdga kechroq kelishgan. O‘qituvchi ayol va qizi poyezdga o‘z vaqtida yetib kelishga ulgurishadi, erini esa chiptalar tekshiriladigan punktda ushlab qolishadi.
Oxir-oqibat butun oila poyezdga qo‘yiladi. Biroq ushbu video Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida virus kabi tarqalganidan so‘ng ayol Xefeydagi maktabdan ishdan chetlatiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar